Maktab yangiliklari · Bizning faxrimiz
Bugun maktabimizda “Tadbirkor va yoshlar” mavzusida motivatsion uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bugun maktabimizda “Tadbirkor va yoshlar” mavzusida motivatsion uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda o‘quvchilarimiz DATA ta’lim stansiyasi hamda DATA xalqaro maktabi asoschisi, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindori Shahzod Sobirov bilan uchrashib, qiziqarli va ilhomlantiruvchi suhbatda ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida mehmonimiz o‘zining hayot yo‘li, tadbirkorlik faoliyati, ta’lim sohasidagi tajribalari hamda muvaffaqiyat sari erishish sirlari bilan o‘rtoqlashdi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi va kelajak rejalari bo‘yicha muhim maslahatlar oldilar.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning orzu-maqsadlarini yanada mustahkamlashga, ularda tadbirkorlik ruhini shakllantirishga xizmat qiladi.
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube