Maktab yangiliklari · Tadbirlar
“Bir Vatan, bir el, bir bayroq!”
🇺🇿 “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!”
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligiga 34 yil to‘lishi munosabati bilan Xiva shahridagi Prezident maktabida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugning harbiy orkestri ishtirok etib, o‘quvchilar va ustozlarga yurtparvarlik, vatanparvarlik ruhini uyg‘otuvchi kuy va qo‘shiqlarni ijro etishdi.
Davlat ramzlariga hurmat, Vatanimizga sadoqat, birlik va birdamlik g‘oyalariga bag‘ishlangan ushbu tadbir maktab jamoasi uchun unutilmas taassurotlar ulashdi.
Bir Vatan, bir el, bir bayroq — bizni birlashtiradigan ulug‘ qadriyat!
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube