Maktab yangiliklari · Tadbirlar
Bilim va do‘stlik maydoni
Bilim va do‘stlik maydoni
Xiva shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Xiva shahar “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internati tomonidan tashkil etilgan, Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan “Zakovat” intellektual turnirida faol ishtirok etdilar.
Mazkur turnir nafaqat bilimlar bellashuvi, balki mehr-oqibat, hamjihatlik va o‘zaro hurmatni mustahkamlovchi samimiy uchrashuvga aylandi.
Tadbirda Ogahiy ijod maktabi o‘quvchilari ham faol qatnashib, jamoalar o‘rtasida qiziqarli va murosasiz bahslar bo‘lib o‘tdi.