Maktab yangiliklari · Bizning faxrimiz
“Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasida Bog‘ot tumanining yorqin g‘alabasi.
🏆 “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasida Bog‘ot tumanining yorqin g‘alabasi.
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasida “Eng faol maktab” nominatsiyasida g‘olib deb topilib, “Prezident sovg‘asi” – BYD avtomashinasini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, tanlov natijalariga ko‘ra, 30 nafar bog‘otlik o‘quvchi loyihada g‘oliblikni qo‘lga kiritib, viloyatning yuksak natijasiga munosib hissa qo‘shdi.
Tuman hokimligi, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, o‘quvchilar, ularning ota-onalari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida milliy tanlov g‘oliblariga noutbuk, aqlli soat, planshet hamda bosh sovrin – “Prezident sovg‘asi” – BYD avtomobili tantanali tarzda topshirildi.