Maktab yangiliklari · Bizning faxrimiz
Aziz yurtdoshlar!
Aziz yurtdoshlar!
Sizlarni bahorning eng go‘zal, qalblarga iliqlik va yangilanish olib kiruvchi - Navro‘z bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.
Navro‘z – bu nafaqat tabiatning uyg‘onishi, balki inson qalbida ham ezgulik, mehr-oqibat va umidlarning yangidan unib chiqishidir. Ayniqsa, yoshlarimizning orzu-intilishlari, bilimga chanqoqligi va kelajakka bo‘lgan ishonchi aynan shu yangilanish ruhidan kuch oladi.
Bugun yurtimizda har bir yoshning bilim olishi, o‘z yo‘lini topishi va katta maqsadlar sari dadil qadam tashlashi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Hurmatli Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslar bizni yanada katta marralar sari ruhlantirmoqda. Bu e’tibor, ishonch har bir ustoz va har bir o‘quvchi qalbida mas’uliyat hamda faxr tuyg‘usini yanada kuchaytirmoqda. Zero, bilimli, intiluvchan avlod – Yangi O‘zbekistonning eng mustahkam poydevoridir.
Navro‘z barchamizga yangilanish, ilhom va ulkan yutuqlar olib kelsin. Har bir xonadonda quvonch, har bir yurakda ishonch, har bir qadamda zafar bo‘lsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Eʼzoza Karimova
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook