Maktab yangiliklari · Maktab hayoti

Ayni damda “Raqamli avlod qizlari” Respublika tanlovining ikkinchi — hududiy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

06.01.2026 1286

✅✅✅✅
#Raqamli_avlod_qizlari

🔴 Ayni damda “Raqamli avlod qizlari” Respublika tanlovining ikkinchi — hududiy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

🔰 Unda tuman (shahar) bosqichida eng yaxshi natija qayd etgan qizlar o‘z loyihalari bilan ishtirok etishmoqda.

🌐 Tanlov 4 ta yo‘nalishda tashkil etilgan — sun’iy intellekt, ta’lim, iqlim o‘zgarishi va yashil iqtisodiyot.

🔴 Bugungi tanlov jarayonlari davomida ishtirokchilar tomonidan “Aqlli soyabon”, “Ishonch uylari”, “COBY — Sun’iy intellekt asosidagi chiqindilarni qayta ishlash loyihasi”, “School events” mobil ilovasi kabi loyihalar taqdimot qilindi.
Taqdimotlar hakamlar hay’ati tomonidan baholab borilmoqda.

📊 Ma’lumot o‘rnida: mazkur bosqichda 1 yarim ming nafardan ortiq qizlar kuch sinashmoqda.

Tanlov butun Respublikamiz bo‘ylab hududlar kesimida 2 kun davom etadi.

✈️Yakuniy bosqichda g’olib bo‘lgan ishtirokchilar xorijga ta’lim sayohatini qo’lga kiritishadi.
___
📍Fotolavhalarda Toshkent shahridagi jarayonlar aks etgan.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍