Maktab yangiliklari · Xalqaro hamkorlik
Agentlik va O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi o‘rtasida memorandum imzolandi
✅ Agentlik va O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi o‘rtasida memorandum imzolandi
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova va O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi direktori Shirin Raximjanovna o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumning asosiy maqsadi – yoshlarni nafaqat bilimli, balki ijtimoiy mas’uliyatli, vatanparvar va tashabbuskor shaxs sifatida tarbiyalashda hamkorlikni kuchaytirishdir.
🤝 Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari:
⏺O‘quvchilar va yoshlar o‘rtasida volontyorlik madaniyatini rivojlantirish.
⏺Yoshlarning ijtimoiy faolligi va liderlik salohiyatini oshirish.
⏺Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va bolalarni qo‘llab-quvvatlash.
⏺Mehribonlik uylari va ijtimoiy muassasalarda xayriya tadbirlarini tashkil etish.
⏺Ekologik volontyorlik va “Yashil makon” loyihalarini kengaytirish.
⏺O‘quvchilarda tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish.
⏺Volontyorlik klublari va liderlik maktablarini tashkil qilish.
⏺Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish.
⏺Ma’naviy-ma’rifiy, sport va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish.
⏺ Favqulodda vaziyatlarda ko‘ngilli yoshlar harakatini shakllantirish.
Ishonamizki, ushbu hamkorlik orqali yoshlarning ijtimoiy faolligi, ma’naviy kamoloti va jamiyatdagi o‘rni yanada mustahkamlanadi.