Maktab yangiliklari · Sport
Agentlik tizimidagi qaysi maktablarda taʼlim rus tilida olib boriladigan sinflar bor va ularga oʻquvchilar…
❓Agentlik tizimidagi qaysi maktablarda taʼlim rus tilida olib boriladigan sinflar bor va ularga oʻquvchilar nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
➖ Agentlik tizimidagi Toshkent shahrida joylashgan Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar hamda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida taʼlim rus tilida olib boriladigan sinflar mavjud.
📆 2025/2026-oʻquv yili uchun:
🟢Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha taʼlim rus tilida olib boriladigan 7-sinfga 40 nafar;
🟢Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha taʼlim rus tilida olib boriladigan 7-sinfga 20 nafar;
🟢Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga sport hamda badiiy gimnastika yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim rus tilida olib boriladigan 1-sinfga 24 nafar oʻquvchi qabul qilinadi.
📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.
🤖 @piima_admission_chatbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube