Maktab yangiliklari · Sport

Agentlik direktori ixtisoslashtirilgan maktablarga tashrif buyurdi

03.04.2026 374

🟢Agentlik direktori ixtisoslashtirilgan maktablarga tashrif buyurdi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Xorazm viloyatining Gurlan va Xonqa tumanlariga amaliy tashrifi Agentlik ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning hududlarda ijrosini o‘rganishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.

Agentlik rahbari ixtisoslashtirilgan maktablarning moddiy-texnik holati, qurilish va texnik xavfsizlik holati, o‘quv jarayonlarining sifati, o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni diqqat bilan o‘rgandi va quyidagi yo‘nalishlar batafsil tahlil qilindi:

🟡 Moddiy-texnik baza – sinf xonalari, laboratoriyalar va sport zallarining zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi;
🟡 O‘quv jarayoni sifati – xususan, xalqaro standartlar (Cambridge) asosida ta’limning tashkil etilishi;
🟡 O‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar – yotoqxonalar, ovqatlanish tizimi, to‘garak va sport sektsiyalari faoliyati;
🟡Pedagog kadrlarning malakasi va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari.

Har bir maktabda aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Qo‘shimcha vaqt talab etiladigan holatlar yechimi bo’yicha muddat belgilandi.