Maktab yangiliklari · Maktab hayoti
A/AS Level MOCK imtihonlari
A/AS Level MOCK imtihonlari
Xiva shahridagi Prezident maktabining 9–10–11-sinf o‘quvchilari Pearson va Cambridge xalqaro dasturlari bo‘yicha sinov (MOCK) imtihonlarini topshirmoqda.
Mazkur baholashlar rasmiy xalqaro imtihonlarning formati, davomiyligi va baholash standartlarini takrorlash maqsadida tashkil etilib, o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash hamda ularni asosiy imtihonlarga puxta tayyorlashga xizmat qiladi.
Shuningdek, maktabda Cambridge AS Level Fizika fani bo‘yicha amaliy sinov (mock) imtihoni ham o‘tkazilmoqda. Unda o‘quvchilar imtihon sharoitida laboratoriya tajribalarini bajarib, o‘lchovlar olib hamda kuzatuv natijalarini qayd etish orqali o‘z amaliy ko‘nikmalarini namoyish etishmoqda.
Bunday sinov imtihonlari o‘quvchilarga laboratoriya ko‘nikmalarini mustahkamlash va rasmiy Cambridge imtihonlariga yanada puxta tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi.
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube