9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Xiva shahridagi Prezident maktabining “One Step — One Life”…
#One_Step_One_Life
#Ezgulik_sari_bir_qadam
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Xiva shahridagi Prezident maktabining “One Step — One Life” loyihasi ishtirokchilari mahalladagi muhtoj oilalar holidan xabar oldilar.
Tashrif davomida o‘quvchilar oilalar bilan samimiy suhbat qurib, ularga mehr va e’tibor ulashdilar. Ushbu ezgu tashabbus yoshlar qalbida insonparvarlik, saxovat va ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
Xotira va qadrlash kuni nafaqat ajdodlar xotirasini yod etish, balki bugungi kunda yordamga muhtoj insonlarga mehr ko‘rsatish orqali ham o‘z ifodasini topadi.
Ezgulik sari qo‘yilgan har bir qadam — inson qalbiga yorug‘lik olib kiradi.