Maktab yangiliklari · Tadbirlar
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Xiva shahridagi Prezident maktabida “Ayollarni e’zozlash”…
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Xiva shahridagi Prezident maktabida “Ayollarni e’zozlash” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirda 9-sinf o‘quvchilarining onalari hamda maktabimizning tarbiyachi-pedagoglari ishtirok etib, o‘quvchi qizlarimiz bilan samimiy va mazmunli suhbat olib bordilar. Uchrashuv davomida o‘quvchi qizlar tomonidan she’rlar o‘qilib, samimiy tabriklar bildirildi.
Shuningdek, MMIBDO' A. Eshmetova hamda tarbiyachi-pedagoglar tomonidan o‘quvchilarga hayotiy tajribalar asosida motivatsion fikrlar, qimmatli tavsiyalar berildi.
Suhbat davomida ayolning jamiyatdagi o‘rni, qizlarni tarbiyalash, ma’naviyat va kelajak avlod kamolotidagi muhim jihatlar haqida fikr almashildi.
Davra suhbati iliq va samimiy ruhda o‘tib, barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube