Maktab yangiliklari · Tadbirlar

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni muborak bo‘lsin!

01.06.2026 780

✅ 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni muborak bo‘lsin!

🌱 Aziz bolajonlar! Sizlar bizning hayotimiz mazmuni, Vatanimizning eng bebaho boyligi va ertangi porloq kelajagimizsiz. Bugun maktablarda o‘rganayotgan fanlaringizga buyuk ajdodlarimiz asos solgan. Ularning izlanishlari tufayli ilm-fan kaliti — aynan sizning qo‘lingizda. Bolalik — inson umrining eng sokin, beg‘ubor oltin faslidir. Bugun biz kattalar uchun savolga javob izlash fursatidir: kelajagimiz egalariga qanday dunyo qoldiryapmiz?

Bolalarni himoya qilish — ularni faqat tashqi xavflardan asrash emas, balki o‘ziga bo‘lgan ishonchini sindirmaslik, qiziqish va iqtidorini bo‘g‘maslik, murg‘ak qalbini tushunishdir. Qadrli ota-onalar! Bolalarni himoya qilish — ularni tushunish, qo‘llab-quvvatlash va kelajagi uchun qayg‘urishdir. Afsuski, bolalar huquqlarini eng ko‘p buzuvchilar ham ko‘pincha ota-onalardir. Bugungi sana nafaqat bayram, balki jiddiy chaqiriqdir!

Men ishonaman, sizlar Vatanimiz, ota-onalaringiz va ustozlaringiz ishonchini oqlaydigan bilimli, vatanparvar insonlar bo‘lib ulg‘ayasiz. Sizlarga sog‘lik, baxtli bolalik va orzularingiz ro‘yobini tilayman! Yurtimizdagi barcha bolajonlarni chin dildan tabriklayman. Hech bir xonadondan farzandlarning beg‘ubor kulgisi arimasin!

✅ Rasmiy sahifalar