Maktab yangiliklari · Xalqaro hamkorlik

Xorazm viloyati delegatsiyasi - Yaponiyada!

14.11.2025 734

Xorazm viloyati delegatsiyasi - Yaponiyada!

✅ Ayni kunlarda Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov boshchiligidagi delegatsiya Yaponiyada xizmat safarida bo‘lib turibdi.

✅ Kunchiqar mamlakatga tashrif davomida delegatsiyamiz a’zolari Yaponiyaning 10 dan ortiq yirik kompaniyalari vakillari bilan uchrashib, viloyatimiz iqtisodiyotiga yapon sarmoyasini jalb qilish, hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha samarali muloqotlar olib bordilar.

✅ Jumladan, “In Aid So. ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikda yoshlarni IT sohasi bo‘yicha o‘qitish va Yaponiyada ish bilan ta’minlash, “Vortex” kompaniyasi tomonidan Xorazmda zamonaviy mehmonxona qurish, Yaponiyaning eng yirik sayyohlik kompaniyalaridan biri hisoblangan “Nippon Travel Agency” bilan Xorazm viloyatiga sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

✅ Xorazm viloyati delegatsiyasining Yaponiyaga xizmat safari davom etmoqda.

Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati
Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| Youtube