Maktab yangiliklari · Ekologiya
Xivada "Eco-schools Uzbekistan" loyihasining asosiy ramzi bo‘lgan Yashil bayroq tantanali ravishda…
📣 Xivada "Eco-schools Uzbekistan" loyihasining asosiy ramzi bo‘lgan Yashil bayroq tantanali ravishda ko‘tarildi. Loyihaning milliy operatori — "Zamin" fondi tomonidan o‘tkazilgan audit natijalariga ko‘ra, 30 ta maktab dasturning eng yaxshi ishtirokchisi deb topildi va ekologik ta’lim sohasida xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi.
🏆 Ziroat Mirziyoyeva bolalarni munosib mukofot bilan samimiy tabriklab, erishilgan yutuqlar bilan cheklanib qolmaslikni tiladi va shunday dedi: "Barcha sinov va qiyinchiliklarga qaramay oldinga intilish faqatgina matonatli hamda o‘z ona yurtiga chin muhabbati bor insonlarning qo‘lidan keladi. Men faxr bilan aytamanki, bu xislatlar har biringizda mujassam! Sizlar tabiatning chinakam himoyachilarisiz va sa’y-harakatlaringiz bizni BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish sari yaqinlashtirmoqda".
👨🍳 Bayramda xalqaro toifadagi oshpaz va diyetolog-nutritsiolog ekomaktab o‘quvchilari uchun muvozanatli ovqatlanish asoslari va sog‘lom taomlanish odatlarini shakllantirish bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazdi. Mavzu davomida BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan maktab o‘quvchilari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari hamda oshxona va bufet xodimlari uchun to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar taqdim etildi. Ushbu qo‘llanmalar barcha umumta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan respublika treninglariga asos bo‘ladi.
~~~
📣 В Хиве прошло торжественное поднятие Зелёного флага — главного символа проекта Eco-schools Uzbekistan. После проведения аудита национальным оператором проекта — Фондом Zamin, 30 школ были признаны лучшими участниками программы, получив международное признание в сфере экологического образования.
🏆 Зироат Мирзиёева тепло поздравила ребят с заслуженной наградой и пожелав не останавливаться на достигнутом, сказала: «Идти вперёд, несмотря на все вызовы и трудности, под силу только тем, у кого сильный характер и настоящая любовь к родной земле. И я с гордостью говорю: эти качества есть в каждом из вас! Вы — настоящие защитники природы, и ваши усилия приближают нас к достижению Целей устойчивого развития ООН».
👨🍳 На празднике шеф-повар международного уровня и диетолог-нутрициолог провели для экошкольников мастер-классы по основам сбалансированного питания и формированию здоровых пищевых привычек. В продолжении темы, представительство ФАО в Узбекистане представили методологические разработки по правильному питанию школьников, педагогов начальных классов и работников столовых и буфетов, которые лягут в основу республиканских тренингов во всех общеобразовательных учреждениях.
#EcoSchoolsUzbekistan #GreenFlag #BirgaYashilZaminYaratamiz
😀 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook