Xiva shahridagi Prezident maktabining "Vatan tayanchi otryadi" a’zolari Yangariq umumqo‘shin poligonida…
Xiva shahridagi Prezident maktabining "Vatan tayanchi otryadi" a’zolari Yangariq umumqo‘shin poligonida tashkil etilgan jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarida faol ishtirok etdilar.
Dala o‘quv maydonlarida o‘tkazilgan ushbu mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar:
✅ harbiy hayotning o‘ziga xos jihatlari,
✅ Vatan himoyachilarining kundalik faoliyati,
✅ zamonaviy qurol-aslaha va texnik vositalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Mazkur amaliy mashg‘ulotlar yoshlarning vatanparvarlik ruhini yanada mustahkamlash, ularni harbiy soha bilan yaqindan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.