Maktab yangiliklari · Maktab hayoti
Xiva shahridagi Prezident maktabining 8-o'quvchisi Malika Rajabboyeva bu yilgi yozni juda maroqli va…
Xiva shahridagi Prezident maktabining 8-o'quvchisi Malika Rajabboyeva bu yilgi yozni juda maroqli va unutilmas qilib o'tkazmoqda. O'z tumanida debat sessiyalari o‘tkazib, Azizbek Zaylobiddinovning “Ibrat Debate” loyihasiga a’zo bo‘ldi. Sessiyalarda o‘quvchilarga munozara yuritish va fikrni to‘g‘ri yetkazishni o‘rgatdi.
“Eng yaxshi debator” nominatsiyasi egalari va jamoa a'zolari intervyusidan o‘tib, 14–20-iyul kunlari “Ibrat Debate Camp”da qatnashish imkoniyatini oldi. Lagerda 250ga yaqin kordinator va mentorlar bilan tajriba almashishdi. Debatning tarixi, tuzilishi va ahamiyatini chuqur o‘rganishdi. O‘z hududidagi o‘quvchilarga ham yordam berish uchun harakat qildilar.
Lagerda Alisher Sa’dullayev bilan onlayn, Iskandar Komoldinov bilan esa yuzma-yuz uchrashishgan. Loyihaning bosh menejeri Azizbek Zaylobiddinov uni yanada ko‘proq ishlar qilishga ruhlantirdi. Malika lagerdagi ishtiyoqni boshqa joylarda ham tarqatishga umid qildi.