Maktab yangiliklari · Bizning faxrimiz

Xiva shahridagi Prezident maktabining 10-green sinfi o‘quvchisi Allaberganov Xudoybergan “Pinnacle Science”…

29.12.2025 1562

🎖Xiva shahridagi Prezident maktabining 10-green sinfi o‘quvchisi Allaberganov Xudoybergan “Pinnacle Science” ilmiy taqdimot markazi tomonidan tashkil etilgan “YUKSAK ILM FIDOYISI” ko‘krak nishoniga sazovor bo‘ldi.

🏆Ushbu yutuq yoshlarimizning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishi, izlanishi va mehnatining yana bir yorqin natijasidir. Allaberganov Xudoybergan ilmiy fikrlash, tadqiqot olib borish va o‘z bilimini amalda namoyon etish orqali maktabimiz sha’nini munosib himoya qilib kelmoqda.

✅Biz o'quvchimiz bilan faxrlanamiz, kelgusida ham undan katta ilmiy yutuqlarni kutib qolamiz. Ilm yo‘lida to‘xtamasdan oldinga intilish — haqiqiy muvaffaqiyat garovi!