Maktab yangiliklari · Bizning faxrimiz

Xiva shahridagi Prezident maktabining 10-green sinfi o‘quvchisi Allaberganov Xudoybergan Pharmaceutical…

19.03.2026 1122

#faxrimiz 🎉

Xiva shahridagi Prezident maktabining 10-green sinfi o‘quvchisi Allaberganov Xudoybergan Pharmaceutical Technical University tomonidan tashkil etilgan STEM olimpiadasida yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, universitet tomonidan taqdim etilgan 100% grant sohibiga aylandi!

Bu yutuq o‘quvchimizning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishi, tinimsiz izlanishi va kuchli bilimining yorqin isbotidir. U nafaqat maktabimiz, balki butun hududimiz nomini munosib himoya qildi.

Bunday katta muvaffaqiyat bilan Allaberganov Xudoyberganni samimiy tabriklaymiz va kelgusida undan yanada ulkan yutuqlar kutib qolamiz! 🚀📚

Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube