Maktab yangiliklari · Tadbirlar
Xiva shahridagi Prezident maktabida “Ustozga ehtirom” oyligi doirasida xodimlar o‘rtasida “Zakovat”…
Xiva shahridagi Prezident maktabida “Ustozga ehtirom” oyligi doirasida xodimlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Ushbu tadbir ustozlarning nafaqat bilim va tafakkurda, balki jamoaviy birdamlikda ham namuna ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. Zero, ustoz — ma’rifat chirog‘i, zakovat esa uning yorqin timsolidir.
Qizg‘in va sermazmun o‘tgan bellashuv barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, ustozlarga bo‘lgan ehtiromning amaliy ifodasiga aylandi.