Maktab yangiliklari · Bizning faxrimiz

Xiva shahridagi Prezident maktabida tahsil olayotgan o‘quvchilar Robo-Coding olimpiadasi oldidan faol…

13.04.2026 679

#Xiva_PM 🏛
#Robototexnika 🤖
#Olimpiadaga_tayyorgarlik 🚀

🏫Xiva shahridagi Prezident maktabida tahsil olayotgan o‘quvchilar Robo-Coding olimpiadasi oldidan faol tayyorgarlik jarayonlarini olib bormoqdalar. Ular nafaqat dasturlash asoslarini chuqur o‘rganish, balki robotlarni yaratish va boshqarish bo‘yicha ham o‘z bilimlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratishmoqda.

🖥 Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar kichik loyihalardan boshlab, murakkab tizimlargacha bo‘lgan ishlarda ishtirok etib, jamoaviy ishlash va innovatsion fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishmoqda. Har bir ishtirokchi yangi g‘oyalarni sinab ko‘rish orqali o‘z salohiyatini namoyon etmoqda.

📌Bunday yondashuv o‘quvchilarning musobaqalarda muvaffaqiyat qozonishiga zamin yaratish bilan birga, ularning kelajakda zamonaviy kasblarni egallashiga ham mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.