Maktab yangiliklari · Bizning faxrimiz

Xiva shahridagi Prezident maktabi — 6 yoshda! 🎉

07.12.2025 1022

🎉 Xiva shahridagi Prezident maktabi — 6 yoshda! 🎉

Bilim va tarbiya maskani bo‘lgan Xiva shahridagi Prezident maktabining tashkil topganiga 6 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan maktabimizda bayramona ruhdagi tantanali tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida ustozlar, o‘quvchilar va mehmonlar uchun qiziqarli chiqishlar, samimiy tabriklar va yutuqlar bilan faxrlanish lahzalari bo‘ldi.

6 yillik muvaffaqiyatli yo‘l – bu fidokor ustozlar, izlanuvchan o‘quvchilar va doimiy qo‘llab-quvvatlov natijasidir. Oldinda yana ulkan marralar kutmoqda!

Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube