Maktab yangiliklari · Bizning faxrimiz
XALQARO OLIMPIADADA YURTIMIZ IFTIXORI
🏅XALQARO OLIMPIADADA YURTIMIZ IFTIXORI
💬 Xalqaro miqyosda o‘tkazilgan IMEC olimpiadasida iqtidorli yoshlarimiz yana bir bor o‘z bilim va salohiyatini namoyon etdi.
➡️ UniCEP tashkiloti tomonidan tashkil etilgan mazkur nufuzli olimpiadada Xiva shahar Prezident maktabining 9-sinf o‘quvchisi Kupalov Shohjaxon Muzaffarovich matematika fanidan muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medal sohibiga aylandi.
➡️ Ushbu yutuq o‘quvchining chuqur bilimga intilishi, muntazam mehnati hamda ustozlarining samarali ta’lim-tarbiya jarayoni natijasidir.
Shohjaxon Kupalovni ushbu yuksak muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz. Kelgusida yanada ulkan yutuqlar, xalqaro miqyosdagi zafarlar tilab qolamiz.
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
✅Telegram
📹Youtube
✅Facebook
🌐 Instagram