Sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha bank-moliya, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va energetikani…
Sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha bank-moliya, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va energetikani ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab, 100 ta loyiha amalga oshiriladi.
Davlatimiz rahbari qadriyatlarimiz va madaniyatimizni o‘zida ifoda etadigan sun’iy intellektning milliy modelini ishlab chiqish boshlanganini e’lon qilindi.
Bu boy tariximiz va zamonaviy yondashuvlarni o‘zida uyg‘unlashtirib, yoshlarning yangi kreativ g‘oyalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Bu tizim samara berishi uchun Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” dasturi ishga tushirilmoqda.
Shu yilning o‘zida “AI study” platformasi orqali kamida 100 ming yoshlarimiz sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rganadi.
❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube