Maktab yangiliklari · Tadbirlar

“Raqamli avlod” Respublika inklyuziv IT oromgohi yakunlandi

30.08.2025 862

“Raqamli avlod” Respublika inklyuziv IT oromgohi yakunlandi

🤩Agentlik tizimidagi “Renessans” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida “Raqamli avlod” IT oromgohining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

📍 Oromgoh davomida ishtirokchilarga zamonaviy IT bilimlari berildi, kreativ fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan turli mashg‘ulotlar tashkil etildi.

⌛ Yakuniy bosqichda eng faol va tashabbuskor ishtirokchilar sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

❕“Raqamli avlod” loyihasi yoshlarning axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni kelajak kasblariga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.