Maktab yangiliklari · Bizning faxrimiz

"Raqamli avlod qizlari" tanlovining Respublika bosqichi BOSHLANISH ARAFASIDA!

18.02.2026 733

‼️‼️‼️
#Диққат_эълон

📣 "Raqamli avlod qizlari" tanlovining Respublika bosqichi BOSHLANISH ARAFASIDA!

➖ Tanlovning final bosqichi joriy yilning 1–6-mart kunlari Toshkent viloyatida joylashgan Renessans oromgohida bo‘lib o‘tadi.

Unda har bir hududdan saralab olingan va loyihalari hakamlar hay‘ati tomonidan yuqori baholangan qizlar g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.

📊 Ma‘lumot o‘rnida: hududiy jarayonlarda 84 ta loyiha final bosqichi uchun tavsiya etilgan.

✈️ Tanlov g‘oliblari chet elga ta’lim sayohati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishadi!

🔴 Jarayonlarni biz bilan birga kuzatib boring.

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook