Maktab yangiliklari · Tadbirlar
Qayta ishlanadigan buyumlardan foydalanish – ekologik barqarorlik sari muhim qadam
Qayta ishlanadigan buyumlardan foydalanish – ekologik barqarorlik sari muhim qadam
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qo‘shko‘pir tuman Kengashi "Yosh ekologlar" qanoti tashabbusi bilan Xiva shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari ishtirokida “Qayta ishlanadigan buyumlardan foydalanish” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.
Bu kabi tadbirlar yosh avlodda ekologik madaniyatni shakllantirish, chiqindilarni to‘g‘ri saralash hamda qayta ishlanadigan mahsulotlardan foydalanishning ahamiyatini keng targ‘ib etishda muhimdir.
Seminar davomida atrof-muhitni asrab-avaylash, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash, ularni qayta ishlash jarayonining ekologik va iqtisodiy foydalari haqida batafsil ma’lumot berdi.
🏛 Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube