Maktab yangiliklari · Tadbirlar

“O‘quvchi yoshlarni — halollik tarafdori” 10 kunligi doirasida 5- 6-sinf o'quvchilari ishtirokida “Halollik…

17.11.2025 637

“O‘quvchi yoshlarni — halollik tarafdori” 10 kunligi doirasida 5- 6-sinf o'quvchilari ishtirokida “Halollik va qadriyat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Suhbat davomida o‘quvchilarga halollikning inson hayotidagi o‘rni, adolat va to‘g‘rilik kabi yuksak qadriyatlarning ahamiyati tushuntirildi. Ular o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar, turli hayotiy misollar orqali halollikning ahamiyatini muhokama qildilar. Tadbir o‘quvchilarda ijobiy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qildi.

Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube