Maktab yangiliklari · Tadbirlar

Milliy bayrog‘imiz — faxrimiz!

17.11.2025 864

🇺🇿Milliy bayrog‘imiz — faxrimiz!

Bayroq – bizni ulugʻ maqsadlar tomon boshlovchi buyuk mashʼaladir. U oʻzida butun Oʻzbekiston xalqining asriy orzu-istaklari, gʻayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondoʻstlikni mujassam etgan. Qadim-qadimdan har bir xalq uchun mustaqillik, hurlik, tinchlik va barqarorlik timsoli boʻlib kelgan.

Xiva shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchilari O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan sana munosabati bilan maxsus bayram videoroligi tayyorlashdi. Ushbu rolik orqali yoshlarimiz bayrog‘imizga bo‘lgan hurmatini, Vatanga sadoqatini va yurt ravnaqi yo‘lidagi intilishlarini ifodalashdi.

Ozod va obod Vatanimiz — O‘zbekistonning bayrog‘i bizni ulug‘ maqsadlar tomon boshlovchi buyuk mash'aladir.

Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube