Maktab yangiliklari · Bizning faxrimiz

Maktabimiz 2022-yilgi bitiruvchisi Qadamov Suhrob yana bir muhim muvaffaqiyatga erishdi.

31.07.2026 1173

Maktabimiz 2022-yilgi bitiruvchisi Qadamov Suhrob yana bir muhim muvaffaqiyatga erishdi.
Suhrob Yangi O‘zbekiston universitetida bakalavr bosqichini muvaffaqiyatli tamomlab, "El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendiyasi sovrindori bo‘ldi. Endilikda u AQSHning nufuzli Vanderbilt University universitetida Kimyo muhandisligi (Chemical Engineering) yo‘nalishi bo‘yicha magistratura bosqichida tahsil oladi.
Xiva shahridagi Prezident maktabi jamoasi nomidan bitiruvchimizni ushbu yuksak yutuq bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusidagi ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.