Maktab yangiliklari

Kecha bir qator infratuzilma loyihalari bilan tanishdik, "Yangi O‘zbekiston" massivini rivojlantirish…

25.04.2026 498

Kecha bir qator infratuzilma loyihalari bilan tanishdik, "Yangi O‘zbekiston" massivini rivojlantirish ishlarini ko‘zdan kechirdik. Musiqa maktabi kabi yangilanish va ta’mirga muhtoj obyektlarni ham, Geologlar mahallasidagi bolalar bog‘chasi singari kapital ta’mirlanibgina qolmay, balki tubdan qayta qurilishi zarur bo‘lgan joylarni ham ko‘rdik. Rekonstruksiyadan keyin bu bog‘cha Samarqanddagi eng katta maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘ladi, 600 nafargacha bolani qabul qiladi.

Tashrif yakunida Samarqand viloyati va tumanlari rahbariyati bilan uchrashdik.

Biz guvohi bo‘lgan va navbatini kutayotgan barcha o‘zgarishlar hududlarni rivojlantirish bo‘yicha Prezidentimiz olib borayotgan yirik tizimli faoliyatning bir qismidir.

Rahbarimiz topshiriqlarining joylardagi ijrosini ta’minlashga jamoam bilan birga ko‘maklashish, haqqoniy holatni qog‘ozlardagi hisobotlarda emas, balki o‘z ko‘zim bilan ko‘rish uchun ham bu yerga tez-tez kelib turaman.

Вчера мы осмотрели ряд инфраструктурных проектов, оценили развитие массива «Янги Узбекистон». Побывали на объектах, которые требуют улучшения, таких как школа музыки, и тех, которые нуждаются не просто в капитальном ремонте, а буквально в создании их с нуля, как детский садик в махалле "Геологи". После реконструкции это дошкольное учреждение станет самым большим в Самарканде. Его смогут посещать до 600 детишек.

День завершился встречей с руководством Самаркандской области и районов.

Все преобразования, которые мы увидели и которые ещё предстоят, – это часть большой системной работы нашего Президента по развитию регионов.

Я приезжаю сюда регулярно, чтобы вместе с командой на месте содействовать выполнению поручений нашего Руководителя, и чтобы видеть реальную картину своими глазами, а не по отчётам.