Maktab yangiliklari · Tadbirlar

Joriy yilning 8-9-10-avgust kunlari qadimiy Xiva shahrida "Qovun sayli" festivali bo'lib o'tadi.

06.08.2025 1247

Joriy yilning 8-9-10-avgust kunlari qadimiy Xiva shahrida "Qovun sayli" festivali bo'lib o'tadi.

Ushbu festival doirasida:
— konsert dasturlari;
— teatrlashtirilgan tomoshalar;
— folklor jamoalarining madaniy-ko'ngilochar chiqishlari;
— qo'g'irchoqlar tomoshasi;
— shou dasturlar;
— sahna ko'rinishlari;
— mushakbozlik;
— milliy stendlar ko'rgazmalari;
— musiqiy dasturlar
— "Favvora shou"
va boshqa maxsus tayyorlangan kompozitsiyalar tashrif buyuruvchilarga namoyish etiladi.

Tadbir dasturlari davomida:

▪️8-9-10-avgust kunlari kun davomida "Arda Xiva" turizm markazida maxsus pavilyonlarda "Qovun sayli" ko'rgazmalari;

▪️8-avgust kuni "Arda Xiva" turizm markazida ochilish tadbiri;

▪️8-9-avgust kunlari soat 19:00da "Ichan-qal'a"ga tutash Alleya hududida shou konsert dasturlari;

▪️10-avgust kuni festivalning yopilish tadbirlari tashkil etiladi.

🖥 Shuningdek, Xiva shahrining 10 dan ziyod joylarida LED monitorlarda jarayonlardan jonli translatsiyalar olib boriladi!

🌐 Telegram | Facebook