Maktab yangiliklari · Maktab hayoti

HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

08.06.2025 811

🔔 HURMATLI, OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

🤩 Agentlik tizimidagi Ijod maktablariga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda.

📍IJOD MAKTABLARI:
🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi (Toshkent shahri);
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi (Qarshi shahri);
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi (Namangan shahri);
🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi (Nukus shahri);
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi (Andijon shahri);
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi (Xiva shahri);
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi (Margʻilon shahri);
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi (Jizzax shahri);
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
(Guliston shahri)ga 7-sinflar uchun hujjatlar qabul qilinadi.

📶 "Ijod yoshlari" Respublika tanlovning yakuniy bosqichida 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan 6-sinf o‘quvchilari hujjat topshirayotganda mazkur tanlov diplomining elektron nusxasini yuklashlari kerak boʻladi.

🗣Maʼlumot oʻrnida, ijod maktablariga oʻquvchilar uch bosqichli (ijodiy matn, ijodiy suhbat, test sinovlari) imtihon asosida har bir sinfga 20 nafardan oshmagan holda qabul qilinadi.

📆 Hujjatlar qabuli 20-iyunga qadar onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

🤖 @piima_admission_chatbot

☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789

@alisher_ubbiyev