Maktab yangiliklari · Tadbirlar
ECO FESTIVAL 2026🌱
🌍ECO FESTIVAL 2026🌱
✨Iqlim uchun yoshlar harakati✨
Tabiat taqdiriga befarq bo`lmaganlar. Atrof-muhit muhofazasi siz uchun ham muhimmi? Sizni 19-fevral kuni o‘tkaziladigan Eko Festivalga chorlaymiz. Mazkur tadbir yoshlar orasida ekologik savodxonlikni yuksaltirish, faol va mas’uliyatli fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish hamda amaliy ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan.
📆 Sana: 19-fevral, 10:00-14:00
📌 Manzil: Xorazm viloyati Yangibozor tumani Axborot kutubxona markazi
🩰 Kimlar uchun: 15–18 yosh va ekologiyaga qiziqadigan barcha yoshdagilar
📲Ro‘yxatdan o‘tish: 2-9 fevral
Festival dasturi: Mavjud ekologik muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish usullarini birgalikda ishlab chiqish 🌎
Swap Market – foydalanilmayotgan buyumlarni o‘zaro almashtirish 🔄
UNICEF vakili bilan jonli va interaktiv muloqotlar 💬
Maktabda ekologik qo‘mitani tashkil etish.
Shuningdek, bir-biridan maroqli workshoplar va energiya beruvchi o‘yinlar
Ro'yhatdan o'tish uchun 👉Havolani bosing