Maktab yangiliklari · Bizning faxrimiz
DIQQAT, IJODKOR VA IQTIDORLI O‘QUVCHILAR!
🌍🌍🌍🌍🌍🌍🌍
#Диққат_эълон
DIQQAT, IJODKOR VA IQTIDORLI O‘QUVCHILAR!
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Ixtirochilikka qadam” tanlovining maktab bosqichi dastlab 20–31-oktabr kunlari o‘tkazilishi va maktab bosqichi g'oliblarini maxsus sayt orqali ro'yxatdan o'tkazish joriy yilning 1-noyabriga qadar amalga oshirilishi belgilangan edi.
❗️Hozirda ixtirochi.piima.uz sayti mutaxassislar tomonidan texnik takomillashtirish jarayonida bo‘lgani sababli, maktab bosqichi g‘oliblarini ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirildi!
📆 Endilikda "Ixtirochilikka qadam" tanlovining maktab bosqichi g'oliblarini saytda ro'yxatdan o'tkazish joriy yilning 27-oktabridan 5-noyabrigacha amalga oshiriladi.
💡 Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda yangi mahsulot yoki xizmat yaratish imkonini beradi:
➡️ta’lim,
➡️axborot texnologiyalari,
➡️yashil energiya,
➡️ekologiya,
➡️iqlim o‘zgarishi
➡️qishloq xo‘jaligi.
🌍 Fikrlaringizni ixtiroga aylantiring — o‘z ixtirongiz bilan maktabingiz faxriga aylaning!
🔗 Qo‘shimcha ma’lumotlar Agentlik rasmiy kanallari orqali e’lon qilib boriladi.
Sizdek nomzodlarning tanlovimizda ishtirok etishidan xursandmiz!
Bizni kuzatib boring
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube