Maktab yangiliklari · Bizning faxrimiz

Bugun Toshkent shahridagi Prezident maktabiga Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori…

05.03.2026 704

📍 Bugun Toshkent shahridagi Prezident maktabiga Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova va “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori Gulnoza Ismoilova tashrif buyurdilar

✅ Sevara Shakirova va Gulnoza Ismoilova Toshkent shahar Prezident maktabning 10–11-sinf o‘quvchilari bilan to’g'ridan to’g’ri shu vaqtda hududlardagi 13 ta Prezident maktablarida ta'lim olayotgan 10–11-sinf o‘quvchilari esa ushbu uchrashuvga zoom platformasi orqali onlayn ulanib qatnashgan yoshlar bilan ochiq va samimiy suhbatlashishdi.

Muloqot davomida o‘quvchilar “El-yurt umidi” jamg‘armasining faoliyati, ta’lim grantlari, xorijda o‘qish imkoniyatlari hamda tanlovlarda ishtirok etish tartiblari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil va aniq javoblar oldilar.

Bunday uchrashuvlar o‘quvchilarimiz uchun katta motivatsiya bo‘lib, kelajakdagi akademik va kasbiy rejalarga yanada ishonch bilan qadam qo‘yishlariga xizmat qiladi.

Amaliy ishlar davom ettiriladi