Maktab yangiliklari · Bizning faxrimiz

Al-Xorazmiy universiteti ko'plab grant imkoniyatlarini taqdim etadi

11.07.2025 657

Al-Xorazmiy universiteti ko'plab grant imkoniyatlarini taqdim etadi

⚡️ Al-Xorazmiy universiteti talabalarga 4 yillik 100% va 1 yillik tabaqalashtirilgan grantlarni taklif etadi.

✅ Quyidagi talabgorlar 4 yil davomida 100% davlat granti asosida tahsil olishlari mumkin:
🔹nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari;
🔹“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari;
🔹Prezident maktablari bitiruvchilari;
🔹Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarining eng yuqori ball asosida qabul qilingan 5% talabgorlari.

✅ Bir yillik tabaqalashtirilgan grantlar kirish imtihonidan yuqori ball asosida qabul tilingan talabalarga quyidagi tartibda beriladi:
🔸Top 10% talabalarga 100% grant
🔸Keyingi 10% talabalarga 70% grant
🔸Keyingi 15% talabalarga esa 50% grant ajratiladi.

❗️Mazkur tabaqalashtirilgan grant miqdorlari talabaning bilim salohiyatiga ko‘ra ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi bosqichda o'qiyotganida saqlanib qolishi, ko'payishi yoki kamayishi mumkin.

💥 Qabul davom etmoqda. O'qishga ariza topshirish: https://admission.newuu.uz/auth/university

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#grantlar #qabul

👇 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Aloqa-bot