Maktab yangiliklari

AGENTLIK TIZIMIDAGI AL-BERUNIY NOMIDAGI XALQARO MAKTAB-INTERNATIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

03.07.2025 1030

🤩 AGENTLIK TIZIMIDAGI AL-BERUNIY NOMIDAGI XALQARO MAKTAB-INTERNATIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

🔔Mazkur maktabning 1-bosqich kirish imtihonlari 12-iyul kuni 14 ta hududda tashkil etiladi.

🗣Maʼlumot oʻrnida, 1-bosqich imtihonlari Matematika va ingliz tili fanlaridan har bir fan boʻyicha 40 ta topshiriqdan iborat test shaklida tashkillashtiriladi. Bunda Matematika fani topshiriqlarini yechish uchun 90 daqiqa, Ingliz tili fani topshiriqlari uchun 40 daqiqa vaqt ajratiladi.

🗣Birinchi bosqich saralash imtihoni natijalari asosida 300 nafar eng yuqori koʻrsatkichga ega nomzodlar saralab olinadi va ikkinchi bosqichga tavsiya etiladi.

📩 Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

📍Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotlar qayd etilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

📨 Shaxsiy kabinet havolasi: https://ariza.piima.uz/application/cabinet

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube