Maktab yangiliklari

AGENTLIK DIREKTORINING SAYYOR QABULI OʻTKAZILADI

11.04.2026 648

🤩 AGENTLIK DIREKTORINING SAYYOR QABULI OʻTKAZILADI

📆 Joriy yilning 13-aprel kuni soat 11:00 da Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Samarqand filialida sayyor qabul o‘tkazadi.

✅ Sayyor qabulni tashkil etishdan maqsad, aholining Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari yoʻnalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini oʻrganish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni vakolat doirasida tezkor hal etish choralarini koʻrishdan iborat.

Sayyor qabul Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Gulobod shahrchasi, Tamaddun ko‘chasi 3-a uyda boʻlib o'tadi.