Maktab yangiliklari

2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun

02.07.2025 1097

2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun

⚪️ Davlat gerbi dumaloq ko‘rinishga ega bo‘lib, bu shaklning so‘l tomoni rizq-ro‘zimiz timsoli – bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa o‘zbekning dong‘ini dunyoga taratgan bebaho boyligimiz – chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan, uzoqdagi tog‘lar va daryolar manzarasida gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi, ayni paytda bu O‘zbekistonning serquyosh mamlakat ekanligini ham bildiradi.

Gerbning yuqori qismida esa O‘zbekiston ozodligining ramzi sifatida sakkizburchak yulduz, uning ichki qismida yarimoy va yulduz maʼnosi mamlakat aholisining ko‘p qismi islom diniga etiqod qilishi, markazida baxt va erksevarlik ramzi – qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan.

Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar tasmasiga “O‘zbekiston” deb yozib qo‘yilgan.

🌐 Telegram | Facebook