Новости школы · Bizning faxrimiz
“Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renessans poydevori
🇺🇿 “Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renessans poydevori
Prezident maktablarida “Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renessans poydevori” shiori ostida o‘tkazilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” va bitiruv tadbirlari yoshlarimizning yutuqlari, intilishi va ulkan salohiyatini yana bir bor namoyon etdi. Hududlardagi Prezident maktablarida bitiruvchilar, ota-onalar va ustozlar ushbu unutilmas kunni katta hayajon bilan nishonladilar.
Tadbirlarda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Prezident maktablari tashkil etilgan ilk yillarda bildirilgan yuksak ishonch bugun o‘z samarasini berayotganini ta’kidladi. Bugun ushbu maktablar xalqaro maydonda muvaffaqiyat qozonayotgan, ilm-fan va innovatsiyalar sari intilayotgan yoshlar maskaniga aylangan.
Bitiruv oqshomlarida faol va namunali o‘quvchilar taqdirlanib, badiiy chiqishlar tadbirlarga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Yangragan so‘nggi qo‘ng‘iroq esa bilim va orzular bilan katta hayot sari dadil qadam qo‘yayotgan yangi avlod uchun ramziy va unutilmas lahzaga aylandi.