Новости школы · Bizning faxrimiz

Yangi zamon bitiruvchilari — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari

14.06.2026 794

🇺🇿Yangi zamon bitiruvchilari — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari

🎓 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Bunyodkorlar sammiti: Iqtidorlar — taraqqiyot poydevori” mavzusidagi “Yangi zamon bitiruvchi yoshlari” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bugun Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilari nafaqat o‘z yutuqlari, balki ilmiy izlanishlari, startap loyihalari va xalqaro muvaffaqiyatlari bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan avlod sifatida e’tirof etildi.

🌿 Joriy o‘quv yilida Agentlik tizimidagi maktablarni 8640 nafar bitiruvchi tamomladi. Ulardan 99 nafari dunyoning nufuzli universitetlariga 12,5 million AQSH dollaridan ortiq miqdordagi to‘liq grantni qo‘lga kiritdi.

🌍 Garvard, MIT, Cornell, Gonkong universiteti va Toronto universiteti kabi dunyoning yetakchi oliygohlariga qabul qilingan yoshlarimiz mamlakatimiz ta’lim tizimida yaratilayotgan imkoniyatlarning amaliy natijasidir.

Forumda xalqaro hamkorlar, xorijiy mehmonlar va investorlar ishtirok etib, iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oyalari va istiqbolli loyihalari bilan yaqindan tanishdi.