Новости школы · Bizning faxrimiz

Yangi zamon bitiruvchilari — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari

16.06.2026 851

🇺🇿Yangi zamon bitiruvchilari — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari

📚Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Bunyodkorlar sammiti: Iqtidorlar — taraqqiyot poydevori” mavzusidagi “Yangi zamon bitiruvchi yoshlari” forumi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbir Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilarining erishgan yutuqlarini e’tirof etish, ularning ilmiy, innovatsion va startap loyihalarini keng jamoatchilikka tanishtirish, shuningdek, yoshlar va investorlar o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun muhim maydon vazifasini o‘tadi.

✅ Bugun Agentlik tizimidagi maktablar bitiruvchilari dunyoning eng nufuzli universitetlariga grant asosida qabul qilinib, xalqaro olimpiadalar, ilmiy tanlovlar va innovatsion loyihalardagi muvaffaqiyatlari bilan Yangi O‘zbekistonning intellektual salohiyatini namoyon etmoqda.