Новости школы

Yangi yil — yangi maqsadlar va yuksak natijalar sari!

31.12.2025 1141

Yangi yil — yangi maqsadlar va yuksak natijalar sari!

Hurmatli ta’lim xodimlari, aziz o‘quvchilar va ota-onalar!

O‘tib borayotgan yil Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi uchun sermahsul, muhim tashabbuslar va quvonchli natijalarga boy bo‘ldi. Yil davomida ta’lim sifatini oshirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim mazmunini zamon talablari asosida takomillashtirish yo‘lida jamoamiz tomonidan tizimli va samarali ishlar amalga oshirildi.

Yangi yil esa oldimizga yanada yuksak marralarni qo‘ymoqda. Kelayotgan yilda ham ta’limdagi islohotlarni izchil davom ettirib, samaradorlikni yanada oshirish, zamonaviy yondashuvlar va ilg‘or tajribalarni keng joriy etish yo‘lida birlashgan holda harakat qilamiz.

✔️Maqsadimiz — har bir o‘quvchi salohiyatini ro‘yobga chiqarish va barqaror natijalarga erishishdir.

Yangi yil barchamiz uchun yangilanish, ishonch va katta imkoniyatlar yili bo‘lsin!

Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi jamoasi