Новости школы · Tadbirlar
Yangi maktab – yangi imkoniyatlar, yangi bilimlar sari intilayotgan yoshlar maskani
✅ Yangi maktab – yangi imkoniyatlar, yangi bilimlar sari intilayotgan yoshlar maskani
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Xorazm viloyatida barpo etilgan Al-Xorazmiy maktabining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor va islohotlar bugun o‘zining amaliy natijalarini ko‘rsatmoqda. Xorazmda bunyod etilgan ushbu zamonaviy maktab binosi – ana shu islohotlarning yorqin va jozibali ifodasidir.
Bu maskan o‘quvchilarga nafaqat zamonaviy sinfxonalar va laboratoriyalar, balki ilg‘or ta’lim muhiti, innovatsion yondashuvlar va yangicha fikrlash makonini taqdim etadi. Ayniqsa, aniq fanlar va IT yo‘nalishlarini rivojlantirishda bu maktabning o‘rni beqiyos.
"Har bir o‘quvchi bizning kelajagimiz" dedi S.Shakirova
Ochilish marosimi juda ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Mazkur maktabning ish boshlashi hududda ta’lim sifatini butunlay yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida muhim voqea sifatida e’tirof etildi.
Ushbu loyiha yoshlarning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish va kelajakda munosib kadrlar bo‘lib yetishishida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.