Новости школы · Bizning faxrimiz

XORAZMDA ASOSIY FAN OLIMPIADASINING VILOYAT BOSQICHIGA START BERILDI

24.11.2025 824

XORAZMDA ASOSIY FAN OLIMPIADASINING VILOYAT BOSQICHIGA START BERILDI

✅Bugun Xorazm viloyatida Asosiy fan olimpiadaning viloyat bosqichi start oldi. Sinovlar Urganch shahar 17-maktab hamda Urganch tumanidagi 36-maktab binolarida o'tkazilmoqda.

📌 Ochilish marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari T.Nurmetov ishtirok etib, jarayonlarning ochiq va shaffof tarzda tashkil etilayotganini ta’kidladi.

✅Tuman va shahar bosqichlarida 1-, 2- va 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan eng iqtidorli o‘quvchilar bugun o‘z bilimini viloyat miqyosida sinovdan o‘tkazmoqda.

🔬 Bugungi kunda kimyo, fizika, biologiya va matematika fanlari bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilmoqda.

📡 Olimpiada jarayonlarini jonli tarzda quyidagi havola orqali kuzatishingiz mumkin:
👉 https://www.facebook.com/share/v/1BzKXTU4bY/

🌟 Ilm yo‘lida intilayotgan barcha ishtirokchilarga omad yor bo‘lsin!

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌