Новости школы · Tadbirlar

Xorazm viloyatida bolalar va yoshlarning hayoti, ta’limi, bandligi, ijtimoiy faolligi hamda xavfsizligini…

26.11.2025 857

🇺🇿 Xorazm viloyatida bolalar va yoshlarning hayoti, ta’limi, bandligi, ijtimoiy faolligi hamda xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan taklif va tashabbuslarni tinglash maqsadida “Rahbar va Bolalar” uchrashuvi ochiq va samimiy ruhda o‘tkazildi.
🟢 Tadbirda Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari San’atbek Salayev, hududda faol yoshlar va iqtidorli o‘quvchilar bilan bir qatorda maktabimiz o‘quvchilari ham faol ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilar o‘z fikrlarini bemalol bildirib, takliflarini yetkazishdi va dolzarb masalalar yuzasidan muloqot qilish imkoniga ega bo‘lishdi.