Новости школы · Bizning faxrimiz

Xiva shahridagi Prezident maktabining matematika fani o‘qituvchisi Donovan Solomons hamda Xorazm viloyati…

03.03.2026 673

Xiva shahridagi Prezident maktabining matematika fani o‘qituvchisi Donovan Solomons hamda Xorazm viloyati pedagogika mahorat markazi direktori Salayev Jasurbek muallifligida “Metodik o‘qitish bo‘yicha qo‘llanma” nashrdan chiqdi.

Mazkur qo‘llanma zamonaviy ta’lim yondashuvlari, dars jarayonini samarali tashkil etish, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan metodik tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Qo‘llanma pedagoglar uchun amaliy qo‘llanma bo‘lib, ta’lim sifatini oshirish, innovatsion metodlarni dars jarayoniga joriy etish hamda o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ustozimizning ushbu yutug‘i bilan tabriklaymiz! Ularning ilmiy-ijodiy faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube