Новости школы · Bizning faxrimiz
Xiva shahridagi Prezident maktabida yuqori sinf oʻquvchilari va tadbirkor, oʻz sohasining yetuk mutaxassisi…
Xiva shahridagi Prezident maktabida yuqori sinf oʻquvchilari va tadbirkor, oʻz sohasining yetuk mutaxassisi Z.Abdrimov bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Suhbat jarayonida tajribali iqtisodchi va savdo ustasi bitiruvchi sinf oʻquvchilariga oʻz maslahatlari va takliflarini berdi. Barcha yutuqlar bilim olish va muntazam harakat qilish orqali qoʻlga kiritilishini takidladi.Maqsadlarni katta qoʻyish va yuqori marralarni zabt etishga intilish yoshlar oldida turgan asosiy vazifalardan ekanligiga urgʻu berildi.
Uchrashuv oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi va oʻz maqsadlari sari harakat qilish ishtiyoqini yanada kuchaytirdi.