Новости школы · Tadbirlar
Xiva shahridagi Prezident maktabida umumxalq hashari o‘tkazildi
🌿 Xiva shahridagi Prezident maktabida umumxalq hashari o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq, Navro‘z umumxalq bayramini ko‘tarinki ruhda nishonlash hamda Ramazon oyini munosib o‘tkazish maqsadida joriy yilning 13–14-mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari e’lon qilindi.
🌱 Mazkur tashabbus doirasida Xiva shahridagi Prezident maktabi jamoasi ham faol ishtirok etdi. Hashar davomida maktab hududini tozalash, daraxt va gul ko‘chatlarini ekish, yashil hududlarni parvarishlash hamda atrof-muhitni obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
🌳 “Yurt obodligi — mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilgan ushbu hashar nafaqat hududni yanada obod qilish, balki jamoada hamjihatlik, ekologik madaniyat va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
✨ Obod va fayzli muhit — barchamizning umumiy mehnatimiz samarasidir.
Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook| You tube